AsosiyDunyo

AMERIKALIK AYoL ELEKTR TOKI UChUN 284 MILLIARD DOLLAR “QARZ BO`LDI”

'AMERIKALIK AYoL ELEKTR TOKI UChUN 284 MILLIARD DOLLAR “QARZ BO`LDI”'ning rasmi

AQShning Pensilvaniya shtatida yashovchi, uy bekasi bo`lgan Meri Xoromanskiyga elektr energeyasi uchun 284 milliard 460 million dollar qarzi borligi haqida hisob keldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Ayolning Facebook sahifasida yozishicha, uning “qarzi” mamlakatning davlat qarzidan ham oshib ketgan. “Mazkur miqdorni ko`rib, tepa sochim tikka bo`ldi”, dedi Meri jurnalistlarga bergan intervyusida.

Uylarni elektr bilan ta`minlovchi Penelec kompaniyasi vakilining ma`lum qilishicha, hisob summasi adashib yozilgan. Voqeaga oydinlik kiritilgunga qadar Xoromonskiylarning bayram arafasida asabiylashishlariga to`g`ri keldi.

    Boshqa yangiliklar