Amerikaning Topik (Kanzas shtati) shahri fuqarolari Yangi yil bayramiga kutilmagan sovg`a olishdi.
Gap shundaki, o`zini “maxfiy Santa” deb tanishtirgan noma`lum erkak shaharliklarga Rojdestvo bayramiga sovg`a sifatida 100 dollarlik banknotalar ulashgan. Bu haqda mahalliy "Kenzas siti star" nashri xabar tarqatgan.
Gazeta jurnalisti shahar bo`ylab safar qilgan noma`lum himmattalabga hamrohlik qilgan. Xabarda aytilishicha, ertakdagi elflar libosini kiygan huquq-tartibot organlari xodimlari “maxfiy Santa”ga pullarni tarqatishda yordam bergan.
26.12.2017 10:31
AQShDA “MAXFIY SANTA” ODAMLARGA 100 DOLLARDAN BAYRAM SOVG`ASI ULAShDI






