AsosiyJamiyat

ENDI HOMILADOR AYoLLAR OMMAVIY ULTRATOVUSh TEKShIRUVIDAN O`TKAZILADI

'ENDI HOMILADOR AYoLLAR OMMAVIY ULTRATOVUSh TEKShIRUVIDAN O`TKAZILADI'ning rasmi

Onalar va bolalar sog`lig`ini har tomonlama mustahkamlash hamda "Ona va bola skrining" markazlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash bo`yicha O`zbekiston prezidentining qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, respublikadagi "Ona va bola skrining" markazlari yuqori texnologik diagnostika tibbiyot uskunalari, butlovchi buyumlar, reagentlar va zarur materiallar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.

Homiladorlikning dastlabki uch oyida ayollar markaziy ko`p tarmoqli tuman (shahar) poliklinikalarida tug`ishdan oldin ommaviy tekshiriladi.

Xavf guruhiga kiradigan homilador ayollarda genetik sindromlarni biokimyoviy tekshirishni bosqichma-bosqich joriy etish yo`li bilan homilada tug`ma va irsiy kasalliklarning oldi olinadi hamda ularga barvaqt tashxis qo`yish chora-tadbirlari takomillashtiriladi.

Homilaning genetik sindromi bo`yicha xavf guruhini aniqlash uchun homiladorlikning erta muddatlarida ayollar qoni bosqichma-bosqich biokimyoviy tekshiruvdan o`tkaziladi.

Bolalarda irsiy kasalliklarga barvaqt tashxis qo`yish usullarini takomillashtirish orqali chaqaloqlar ommaviy tekshiriladi, shuningdek, bemor bolalarni dori vositalari va davolaydigan ovqatlar bilan ta`minlash orqali irsiy kasalliklarni davolash samaradorligi oshiriladi.

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi va "Sog`lom avlod uchun" xalqaro nodavlat xayriya jamg`armasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxat bo`yicha olib kiriladigan O`zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yuqori texnologik diagnostika tibbiyot uskunasi, butlovchi buyumlar, reagentlar, zarur materiallar, bolalar davolovchi ovqati, dori vositalari 2023 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatda bojxona to`lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlari bundan mustasno) ozod qilinadi.

    Boshqa yangiliklar