1

BOLALARNING YaNGI YIL KUNI KUTGAN SOVG`ASIDAN KO`ZLARI PORLASIN

Mutolaa 26.12.2017, 15:03
BOLALARNING YaNGI YIL KUNI KUTGAN SOVG`ASIDAN KO`ZLARI PORLASIN

«Bolalar kiyimi savdosi bilan shug`ullanaman. Kecha bir qiz qo`lida ro`yxat bilan do`konimga keldi. «Opa, ko`proq narsa xarid qilsam, narxlarini kelishtirasiz-a?», deb, bir qoјozga, bir rastaga qarab, bolalar uchun turli kiyimlarni ko`zdan kechira boshladi. Uning ancha narsa tanlaganini ko`rib, savdom yurishishidan xursand bo`lib ketdim. Bir payt 7-8 yashar qizlarga to`g`ri keladigan qizil rangli jemper so`rab qoldi. Boshqa rangdagi, turli bezaklalilari bor edi-ku, ammo aynan u istagandek yo`q. O`n daqiqalar axtardim-u, xunob bo`lib:

— Boshqa rangdagisini ola qoling, qizingiz xarxasha qilmas, yosh bolaga kim qo`yipti kiyim tanlashni, — dedim.

Qizning ko`zlari negadir yoshlandi.

— Hech bo`lmasa, ularga kiyim tanlash imkonini beraylik — dedi. Va qo`lidagi ro`yxatga ko`z tikib, — Yulduz shunaqasini so`ragan-da Qorbobodan, — deb yana do`konga ko`z yugurtirdi.

Beixtiyor qo`lidagi ro`yxatni oldim.

Kamol — oq ko`ylak.

Umid — qora sharf.

Mehribon — qo`g`irchoq.

Yulduz — qip-qizil jemper.

Ro`yxat juda uzun edi. Savol nazari bilan tikilgan nigohlarimga xaridorim «Mehribonlik uyi»da ishlayman. Bu yil Qorbobo bo`lib, bolalarning istaklarini amalga oshirmoqchi edim», deya javob berdi.

Ikkalamiz yarim kun bozorni izlab, qizil rangli jemperni topdik. O`zim biror bor ko`rmagan Yulduzning Yangi yil kuni kutgan sovg`asidan ko`zlari porlashini tasavvur qilib, yum-yum yig`ladim...

Bolalarga tanlash imkonini beraylik...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1