Bundan biroz avval, O`zbekiston Respublikasi moliya vazirligidan 50 kishi ishdan bo`shatilgani, ular orasida rahbar lavozimidagi shaxslar ham bo`lganligi haqida xabar bergan edik.
Vazirlikning soliq va bojxona tarif siyosati boshqarmasi boshlig`i Irina Golisheva, buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi boshlig`i Sharafutdin Haydarov, shuningdek sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilg`i-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi boshlig`i Akmal Abdullaevlar o`z lavozimidan ozod etilgan, deb ma`lumot bermoqda “Daryo.uz” nashri.
Xabarda qayd etilishicha, vazirlik kadrlar bilan ishlash boshqarmasi internet nashrlarda chop etilgan bir kunda 50 nafar xodim ishdan bo`shatilgani haqidagi xabarni inkor etgan. Boshqarma vakilining ta`kidlashicha, yaqin kunlarda vazirlikning yana bir necha xodimi ishdan bo`shatilishi mumkin.






