Amerikalik sayyoh Jeff Svinxelm Balida sevimli kepkasini olib qochgan maymun ortidan quvib, 10 metr balandlikdan pastga quladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
40 yoshlik amerikalik sayyoh Jeff Svinxelm maymun ortidan quvib, falaj bo`lib qoldi va koma holatiga tushdi. Baxtsiz hodisa Indoneziyaning Bali orolida 18 dekabr kuni ro`y berdi. Maymun sayyohning Amerika Pittsburgh Steelers futboli ramzi tushirilgan sevimli kepkasini olib qochgan. Shundan keyin u maymun ortidan quvib, 10 metr balandlikdan tushib ketgan. Qizining aytishicha, yiqilish oqibatida otasi falaj bo`lib qolgan.
Ayni paytda erkakning oilasi uni davolatish, Balidan mamlakat poytaxti Kuala- Lumpurga olib kelish uchun pul to`plamoqda. Sayyohning kepkasini mahalliy aholiga mansub odamlar topishgan, u boshqa buyumlar bilan birga kasalxonada saqlanmoqda.






