Hindistonning Panjob shahrida dunyoga kelgan Chaxat Kumar ismli qizaloq 8 oylik bo`lishiga qaramay, uning vazni 18 kilogrammni tashkil etadi, deb xabar berdi Life.ru nashri.
Semizligi tufayli qizcha hansirab nafas oladi va uyqusi buzilgan. U 10 yoshli bola kabi ovqat tanovul qiladi. Og`ir vazni tufayli Chaxatning terisi qalinlashib ketgani shifokorlarning tahlil uchun qon olishlarini qiyinlashtiradi. Chaxatning oilasi kambag`al bo`lib, uni davolatish mablag`lari yo`q. 21 yoshli onasining ma`lum qilishicha, Chaxat ochlikka chiday olmaydi, tez-tez ovqat berishlarini talab qilib, yig`laydi. “Qizimning qiynalishini istamaganligim bois uni ovqatdan chegaralamayman”, deydi yosh ona.






