AsosiyJamiyat

29-30 DEKABR KUNLARI 11 MING DONA PREZIDENT SOVG`ALARI ULAShILADI

'29-30 DEKABR KUNLARI 11 MING DONA PREZIDENT SOVG`ALARI ULAShILADI'ning rasmi

O`zbekistonda yosh avlodga bo`lgan g`amxo`rligi va e`tiborining yorqin ifodasi bo`lgan “Prezident archasi” bayram tantanalari bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan. Bugungi kunga kelib Mehribonlik va Muruvvat uylari o`g`il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari”, Go`daklar uyi, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar, yurtimiz tinchligi yo`lida qurbon bo`lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 12 nomdagi o`quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo`lgan 11 ming dona Prezident sovg`alari tayyorlandi.

Joriy yilning 26 dekabr kuni Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahriga jami 3734 dona Prezident sovg`alari avtotransportlarda, 6265 dona Prezident sovg`alari “O`zbekiston havo yo`llari” aviakompaniyasining samolyotlari orqali 25-27 dekabr kunlari jadval asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi va 9 ta viloyatga etkazildi. Sovg`alar 29-30 dekabr kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar