1

Pokiston sobiq prezidenti Musharraf rasman davlat hiyonatida ayblandi

Dunyo 31.03.2014, 12:32
Pokiston sobiq prezidenti Musharraf rasman davlat hiyonatida ayblandi

Pokiston sobiq rahbari Parvez Mushsharafning ishini ko`rib chiqayotgan Islomobod maxsus sudi uni rasman davlat hiyonatida aybladi. Bu haqda RIA axborot agentligi mahalliy DAWN gazetasiga asoslanib xabar bermoqda.

Sud yig`ilishida Musharraf ushbu ayblovni asossiz deb, o`zini aybsiz ekanligini aytdi.    
Musharraf advokatlari suddan ayblovni qo`ymaslikni va unga qarib qolgan onasi bilan uchrashish uchun Dubayga uchishi uchun ruxsat so`rashdi.

Ayblovga ko`ra, 2001 dan 2008 yilgacha Pokiston prezidenti lavozimida bo`lgan Musharraf 2007 yilda davlatga hiyonat qilgan. U mamlakatda Pokiston konstitusiyasi faoliyatini to`xtatib, favqulodda holat e`lon qilgan hamda oliy sud hakamlarini qamashni buyurgan. Pokiston qonuniga ko`ra, davlatga hiyonat uchun o`lim yoki umrbod qamoq jazosi qo`llaniladi. Davlatga hiyonat to`g`risidagi ish o`tgan yili hukumat tomonidan olg`a surildi.

2008 yilda iste`fodan so`ng mamlakatni tark etgan Musharraf 2013 yilning mart oyida yana Pokistonga qaytib keldi, ammo, aprelda u qo`lga olinib, uy qamog`iga hukm qilindi.
Hozirda sobiq prezident davlat hiyonatidan tashqari, yana to`rt jinoiy ish bo`yicha gumondor deb topilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1