Rossiya Moliya vazirligi ilk marotaba davlat federal organlari, shu jumladan vazirlik xodimlarining oylik maoshlarini e`lon qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
2016 yilda moliya vaziri Anton Siluanov eng ko`p – oyiga 1,7 million rubl maosh olgan. Iqtisodiyotni rivojlantirish vaziri 1,3 million rubl, Energetika vaziri 1,2 million rubl, FVV rahbari esa sal kamroq – 954 ming rubl, sanoat vaziri esa 921 ming rubl oylik olgan. Moliya vazirligining ochiq ma`lumotlar bazasida mamlakatning Mudofaa, IIV, FXB, Ichki razvedka xizmati va Rossiya prezidentining oylik maoshlari ko`rsatilmagan.
Oktyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin o`zining va davlat amaldorlarining maoshlarini 10 foizga kamaytirishni uzaytirgan edi. Putin bergan deklarasiyaga muvofiq u 2016 yilda 8,8 million rubl ishlab topgan.






