Yaponiyaning Osaka prefukturasidagi Neyagava shahar polisiyasi qiziga nisbatan zulm o`tkazib, uning o`limiga sababchi bo`lgan er-xotinni hibsga oldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
33 yoshli Airi Kakimoto bo`yi 145 santimetr bo`lishiga qaramay, vazni 19 kilogramm bo`lgan. U umrining 15 yilini ustidan qulflangan holda kichkina xonada o`tkazgan.
Qizning otasi 55 yoshli Yasutaka Kakimoto va onasi 53 yoshli Iukari Kakimotolar hibsga olindi. Ular o`z ayblarini bo`ynilariga olishdi. Er-xotin qizi Airini maydoni bor-yo`g`i uch kvadrat metr bo`lgan tor xonaga qamab, kuniga atigi bir marta ovqat berishgan.
Ularning bunday zulmkorona yo`l tutishiga Airining ruhiy xastaligi sabab bo`lgan va uning atrofdagilarga xavf tug`dirmasligi uchun ustidan qulflab qo`yishgan.
Xonaga kamera o`rnatilgan bo`lib, er-xotin qizni muntazam ravishda kuzatishgan. Oilaning uyi ikki metrli devor bilan to`silgan. Qizning jasadi tekshirilganda u 18 dekabr kuni kaltak zarbidan olamdan o`tganligi ma`lum bo`ldi.
Yaponiyada ruhiy kasallikka chalingan odamlarga negativ munosabatda bo`linadi. Bunday farzandga ega oiladan hamma yuz o`giradi. Shuning uchun ham yaqini ruhiy kasallikka chalingan oilalar ularni yashirishga majbur bo`lishadi.






