Germaniyaning g`arbiy qismida chorshanbaga o`tar kechasi sayyohlar o`tirgan sayohatchi layner ko`prikka kelib urildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Voqea Reyn daryosida yuz berdi. Germaniyaning Duysburg shahridan Niderlandiyaning sharqiy qismida joylashgan Arnem shahri tomon yo`lga chiqqan kemada 103 nafar yo`lovchi — Belgiya, Lyuksemburg va Niderlandiya fuqarolari, bundan tashqari, kemaning 26 nafar ekipaj a`zolari ham bo`lgan.
Hodisa oqibatida 27 kishi jabrlandi, ulardan 5 nafari jiddiy jarohat olgan. Voqeadan so`ng ko`prik yopildi, ekspert va muhandislar uning mustahkamligini, qay darajada shikastlanganligini tekshirishmoqda.






