O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasi raisining buyrug`iga asosan jamoat foydalanish joylarida internet tarmog`idan axborot olish imkonini berish tartibi to`g`risida nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
31 martdan e`tiboran kuchga kirgan o`zgarishlar, tijorat maqsadida internet tarmog`iga chiqishga imkon berish xizmatini ko`rsatuvchi internet-provayderlar, yuridik shaxslarga tegishli.
Nizomda internetdan jamoaviy foydalanish shahobchalariga qo`yiladigan talablar kengaytirilgan. Unga ko`ra internet-kafelarning ko`p qavvatli binolarning erto`la yoki yarimerto`la joylarda joylashishiga qat`iy ta`qiq qo`yilgan, deb yozadi Norma.uz
Zarur texnik vositalardan tashqari internetga kirish imkonini beruvchi internet-provayderlar jamoat nuqtalarida tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida kuzatuv kameralarni o`rnatishlari zarur bo`ladi.
Provayderlar mavjud majburiyatlaridan tashqari endi tashrif buyuruvchilarning xavfsizlik choralarini ko`rishlari lozim bo`ladi, shuningdek foydalanilayotgan veb-resurslarni hisobga olishlari va ularni uch oy davomida saqlashlari zarur.