Maftunkor va latofatli Rayhon G`anieva yangi ijod mahsuli — “Tomchi” qo`shig`iga klip suratga olmoqda...
Sanjar Matkarimov rejissyorligida tasvirga tushirilayotgan video ketma-ketlikda bosh rollarni taniqli aktyorlar — Alisher Uzoqov va Muqaddas Sa`dullaevaga ishonib topshirildi. Shuningdek, klipda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulchehra Sa`dullaeva va debyutant aktyor — Shahzod Sultonovlarni ham ko`rishingiz mumkin. Klip davomida sevigi tarihi, yoshlarning quvonch-shodlik va g`am-tashvishli kunlari mahorat bilan ochib berilgan. Mag`zun yo`nalishda kuylangan tarona tez kunlarda e`tiboringizga havola etiladi.
Ishonamizki, “Tomchi” Rayhon G`anievaning ijodidagi navbatdagi muvoffaqiyatli qadam bo`la oladi.
FAKT:
Eslatib o`tamiz, klip tasvirchisi — Rustam Murodov.









