Sankt-Peterburgda «Perekryostok» magazinida portlovchi qurilma ishga tushirildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Hodisa Kondratevskaya ko`chasida yuz bergan. To`qqiz kishi jarohatlangan. Do`kondan 50 kishi evakuasiya qilingan. Favqulodda vaziyat yuz bergan joyda Rosgvardiya xodimlari ishlayapti.
Tergov Qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, to`rt kishi kasalxonaga yotqizilgan. Tergov qo`mitasi su`iiqasd moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`agan.