28.12.2017 11:48
XORIJDA O`QIYoTGAN HAMDA MEHNAT QILAYoTGAN YoShLAR BILAN IShLAYDIGAN TAShKILOT TUZILDI

Muassasa shaklidagi “O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi” nodavlat notijorat tashkilotining asosiy maqsad va vazifalari O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lgan va xorijiy mamlakatlarda o`qiyotgan hamda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning jamiyatda o`z o`rnini topishiga ko`maklashish hisoblanadi.





