AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONLIKLARNING QARIYB 90 FOIZI PREZIDENT FAOLIYaTINI IJOBIY BAHOLADI

'O`ZBEKISTONLIKLARNING QARIYB 90 FOIZI PREZIDENT FAOLIYaTINI IJOBIY BAHOLADI'ning rasmi
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan «Fuqarolar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti to`g`risida» mavzusida so`rovnoma o`tkazildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoatchilik fikri so`rovining aniqlashicha, 89,3 foiz o`zbekistonliklar Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholaydi. Aholi davlat rahbari tomonidan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy yo`nalishlarini qo`llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, so`rovning mutlaq ko`pchilik ishtirokchilari – 90,2 foizi mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoev o`tkazayotgan siyosat aholining orzu va umidlarini to`la darajada oqlaydi, degan fikrni bildirgan.

86,3% fuqarolarning fikriga ko`ra, rivojlangan davlatlar tajribasining yanada joriy qilinishi, maktabgacha ta`limda yangi tizimning yaratilishi, umumta`lim maktablarida 11 yillik o`qitishning qayta tiklanishi, kasbiy ta`limning rivojlantirilishi ta`lim va tarbiya jarayonining samaradorligini yanada oshirishga, chuqur bilimlarga ega yosh avlodni shakllantirishga yordam beradi.

So`rovlar monitoringining aniqlashicha, mamlakat prezidentiga ishonch reytingi 2017 yil iyul oyidagi 92,4 foizdan 2017 yilning oktyabr oyidagi 93,1 foizgacha o`sdi. O`zbekistonliklarning fikricha, 2017 yilda mamlakatda mavjud davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga imkon beruvchi, zamonaviy tahdidlar va xatarlarga javob berishga layoqatli, mamlakatning, jamiyatning va har bir fuqaroning manfaatlarini amalga oshirishni ta`minlaydigan muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar