AsosiyDunyo

SANKT-PETERBURGDA BO`LGAN PORTLAShDA O`ZBEKISTON FUQAROSI HAM BOR

Xabar berganimizdek, Sankt-Peterburg shahridagi “Perekrestok” savdo markazida mahalliy vaqt bilan soat 18:30 atrofida portlash sodir bo`lgan edi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, portlash natijasida 10 kishi jabrlangan. Ular orasida 1957 yil 10 iyunda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi Ivrikul Izbekovich Alikulov bor. U Aleksandrovskiy nomli 17-sonli shahar kasalxonasiga etkazilgan va unga shu erda tibbiy yordam ko`rsatilmoqda. Shifokorlar ma`lumotiga ko`ra, I.Alikulovning ahvoli barqaror og`ir, ammo hozirgi paytda uning hayotiga tahdid yo`q.

TIV Konsullik boshqarmasi va O`zbekistonning Rossiya Federasiyasidagi konsul xodimlari Sankt-Peterburg rasmiylari bilan aloqada bo`lib, jabrlanganga zarur yordam ko`rsatish bo`yicha choralar ko`rmoqda, deya xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti.

    Boshqa yangiliklar