2018 yilning 1 yanvaridan boshlab respublikamizning barcha xalqaro aeroportlaridagi bojxona chegaralari orqali o`tkazish punktlarida ikki yo`lakli tizim ishga tushirilishi haqida ma`lum qildi O`zA.
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi doirasida joriy qilinayotgan ushbu yangilik fuqarolar, ayniqsa yurtimizga kelayotgan sayyohlarning bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazish jarayonini yanada tezlashtirish va soddalashtirish imkonini beradi.
Buning uchun xalqaro aeroportlarda jismoniy shaxslarning bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bo`yicha “yashil” va “qizil” yo`lak tizimi amaliyotga tatbiq etiladi.
Endilikda yo`lovchilar bojxona amaliyotlarini amalga oshirishda notijorat maqsadlar uchun mo`ljallangan tovarlarni deklarasiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yo`lakni mustaqil ravishda tanlaydi.