AQSh hukumatining bergan ma`lumotlariga ko`ra, Vashingtonda tog` o`pirilishi oqibatida bedarak yo`qolganlar soni 22 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda AP axborot agentligi xabar berdi.
Avvalroq 30 kishining bedarak yo`qolgani haqida xabar berilgan edi. Hukumat shuningdek, fojea oqibatida 24 kishi halok bo`lganini rasman tasdiqladi.
Kuchli yoqqan yomg`ir oqibatida yuz bergan o`pirilish 22 mart kuni Sietl shahridan shimoldagi hududda sodir bo`ldi. Tog` jinslari hamda loy 3 km kvadratga teng maydonni egalladi. Ofat oqibatida 30 ta uy vayron bo`lgan. Shuningdek, ko`chgan tuproq qatlamlari Stilaguamish daryosi yo`llaridan birini berkitib qo`yib, suv toshishi xavfini paydo qildi. Hukumat daryo bo`yida yashovchi aholini evakuasiya qilishni tavsiya qildi.





