AsosiyDunyo

50 YoShLI ERKAK 10 YoShLI “KELIN”GA UYLANMOQChI BO`LDI

'50 YoShLI ERKAK 10 YoShLI “KELIN”GA UYLANMOQChI BO`LDI'ning rasmi

Pokiston polisiyasi so`nggi lahzalarda 50 yoshli erkak bilan 10 yoshli kelinning nikoh marosimini to`xtatdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Ma`lum bo`lishicha, qizning ota-onasi 4500 dollar qarz evaziga 10 yoshli qizini 50 yoshli erkakka uzatishga majbur bo`lgan. Mazkur noqonuniy nikohning tashkilotchilari bo`lgan 11 kishi polisiya tomonidan qo`lga olindi.

Huquq-tartibot idorasi xodimining ma`lumot berishicha, Sindx provinsiyasidagi shaharlaridan birining polisiya bo`limiga 10 yoshli qizchaning 50 yoshli Jitmal Mexar bilan nikohlanayotgani haqida xabar kelib tushgan. Polisiyachilar mahalliy sovchi Muhammad Meharning uyini qurshovga olishdi. Shu erda kuyovdan boshqa barcha nikoh marosimining tashkilotchilarini qo`lga olishdi. Kuyov esa bu paytda juftakni rostlagan edi. Surushtiruvlar natijasida qizning onasi erini davolatish uchun bo`lajak “kuyovi”dan qarz olgan. Ammo vaqt o`tishiga qaramay, qarzini to`lay olmagan. Avvaliga Jitmal Mexar undan uyini sotishni, keyin esa vositachi orqali qarz evaziga qizini berishni so`ragan. Qizning onasi ham nikoh marosimining boshqa tashkilotchilari bilan birga sud oldida javob beradigan bo`ldi. Pokiston qonunchiligiga binoan yosh qizlar bilan turmush qurgan odamga ikki yildan ortiq qamoq jazosi beriladi.

    Boshqa yangiliklar