AsosiyJamiyat

28-30 DEKABR KUNLARI O`ZBEKISTONNING TOG`LI HUDUDLARIDA QOR KO`ChIShI XAVFI BOR

'28-30 DEKABR KUNLARI O`ZBEKISTONNING TOG`LI HUDUDLARIDA QOR KO`ChIShI XAVFI BOR'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 dekabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol Qoraqalpog`istonning ayrim joylarida sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol Navoiy viloyatining ayrim joylarida sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol Toshkent va Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar