Golluvud aktyori Tom Kruz ishtirok etgan filmlarni hammamiz sevib tomosha qilamiz. U nafaqat kinoda, balki hayotda ham bag`rikeng insonligini isbotladi. 1996 yilda Tom Kruz yo`lda ketayotgan qizni mashina urib ketganligining guvohi bo`ldi. Avtomobil haydovchisi qizga yordam berish o`rniga voqea joyidan yashirindi. Buni ko`rgan aktyor mashinasini to`xtatib, “Tez yordam”ga qo`ng`iroq qildi. To qutqaruvchilar etib kelgunga qadar qizning oldidan bir qadam jilmadi. Tom Kruz “Tez yordam” bilan birga kasalxonaga bordi. Kasalxonada qizning tibbiy sug`urtasi yo`qligi ma`lum bo`lgach, uning davolanishi uchun kasalxona hisobiga 7000 dollar pul o`tkazdi.