1941 yilda Polsha fermalaridan birida yashovchi ayol — Sofya Banya oilasi uchun zarur bo`lgan buyumlarni sotib olish uchun pul topolmaydi. Do`kon mudiri Isroil Rubinek unga kerakli barcha buyumlarni olib ketishini, qachon pul topsa hisob-kitob qilishi mumkinligini aytadi. Qahatchilik, urush yillarida bu narsa Polshada ko`z ko`rib, quloq eshitmagan voqea edi.Ayol ham do`konchining mazkur yaxshiligini bir umr unutmaydi. Oradan ikki yil o`tgach, fashistlar Polshada yashovchi yahudiylarni zo`rlik bilan maxsus lagerlarga jo`nata boshlaydi. Isroil Rubenek va uning oilasi kelajagidan tashvishga tushgan Sofya Banya ikki yarim yil mobaynida Isroil Rubenekni va uning rafiqasini o`z uyida yashirib keldi. Nemis soldatlari etti marotaba yahudiylarni qidirib, Sofyaning fermasiga keldi. Ayol ularni kichkina erto`laga yashirdi. Kunlarning birida Sofyaning uyida tunab qolgan nemis askarlari Rubene va uning rafiasi yashiringan joydan bir necha santimetr uzoqlikda tong ottirishdi.
Oradan yillar o`tdi. Rubenekning oilasi ularni o`limdan saqlab qolgan ayol uchrashdi. Isroil Rubenekning nevarasi birgina yaxshilik tufayli bobosi va buvisi qiyin vaziyatda omon qolganligini aytib, ularni o`limdan saqlab qolgan ayolga minnatdorchilik bildirdi.