Gallup kompaniyasi tomonidan er yuzidagi davlatlar va xalqlarning boshqalarga qay darajada yordam berishi, ezgu amallari tahlil qilinganda, mazkur mamlakatlarning iqtisodiy o`sish darajasi barqarorligi ma`lum bo`ldi. Tadqiqotlar natijasida duyoning 140 ta mamlakatida yashovchi 145 mingdan ortiq odam so`rovnomada ishtirok etdi. Ularning boshqalarga beg`araz yordam berishga tayyorgarlik darajasi o`rganildi. Ona sayyoramizning turli nuqtalarida yashovchi milliardlab odamlar qiyin sharoitga tushib qolgan odamga madad qo`lini cho`zishga tayyorligini ma`lum qilishdi. Shunday qilib, tahlillar natijasida dunyoning eng saxovatpesha mamlakatlari top-5 ligi aniqlandi. Marhamat ular bilan tanishing!
BIRMA
Mamlakatning aksariyat aholisi barcha berilgan savollarga ijobiy javob berdi. Birma aholisi asosan Budda diniga sig`inadi. Buddaning o`zi esa saxiylik ramzidir. Bayram kunlarida rohiblarni turli noz-ne`matlar bilan siylash odat tusiga kirgan. Birma 2015 yilda dunyoning eng mehmondo`st mamlakati degan unvonni ham qo`lga kiritgan edi.
AQSh
Amerika Qo`shma Shtatlarida xayriya ishlari bilan shug`ullanuvchi kompaniyalar soni juda ko`p. Amerikada ko`ngilli ravishda boshqalarga yordam berish targ`ibot qilinadi. Mamlakatga tashrif buyurgan odam amerikaliklarning saxiy, ochchiqko`ngil va boshqalarga yordam berishga tayyor ekanliklarini gapirishadi. Bu ayniqsa, 2011 yilning 11 sentyabr fojiasida yaqqol ko`zga tashlangan edi.
AVSTRALIYa
Avstraliya aholisi uchun barcha imkoniyatlarning teng bo`lishi, mamlakatning asosiy qonun-qoidalaridan biridir. Avstraliyaliklar xayriya ishlari bilan faol shug`ullanib, boshqa mamlakat fuqarolarini ham bunga da`vat etadi. Melburn shahrida ko`plab xayriya tashkilotlarini uchratish mumkin. Avstraliyada xayriya yordamini ko`rsatish mexanizmi o`zining oddiyligi, shaffofligi, o`g`rilikning yo`qligi bilan boshqa mamlakatlardan keskin farq qiladi.
YaNGI ZELANDIYa
Orol aholisi asosan qishloq xo`jalik ishlari bilan shug`ullanishadi hamda bu borada bir-biriga yordam beradi. Orolda xayriya ishlari yuksak darajada rivojlangan. Bu erda etimlarga, uysiz bolalarga yordam ko`rsatilib, umumiy ovqatlanish muassasalari kam ta`minlangan odamlarga bepul oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatadi.
ShRI-LANKA
Orolda buddizm diniga e`tiqod qilingani sababli, mamlakat aholisi bir-biriga yordam berishdan charchamaydi. Bunday an`ananing ildiz otishiga o`tmishdagi bir maqol sabab bo`lgan. Unda aytilishicha, mamlakatga tashrif buyurgan har qanday sayohatchiga har doim, har qanday sharoitda ham yordam berilgan.ostulatov ee obshestva – ravne vozmojnosti dlya vsex jiteley. Avstraliys aktivno zanimayue stran. Mnojestvo