AsosiyDunyo

DUNYoNING AQLGA SIG`MAYDIGAN, ENG G`ALATI REKORDLARI

'DUNYoNING AQLGA SIG`MAYDIGAN, ENG G`ALATI REKORDLARI'ning rasmi

Dunyo rekordini o`rnatib, hech bo`lmasa 15 daqiqa bo`lsa ham shuhrat cho`qqisiga chiqish har bir insonning orzusidir. Biroq uni amalga oshirishda bir qancha muammolar yuzaga keladi. Chunki asosiy rekordlar allaqachon o`rnatib bo`lingan. Shunda hiyla-nayrang ishga solinadi, eng g`alati rekordlar o`rnatilib, ikki quyon bitta o`q bilan uriladi. Birinchidan ular mazkur ishlari bilan tarixda qolishadi, ikkinchidan shon-shuhratga erishishadi. Quyida sizni ana shunday aqlga sig`mas, g`alati rekordlar bilan tanishtiramiz.

Bir paytning o`zida tanasiga 326 000 ta asalari qo`ndirgan odam

Xitoyning Tayan shahrida yashovchi Gao Bingguo 2014 yilning 27 may kuni dunyo rekordini o`rnatib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirishga harakat qildi. U bir paytning o`zida tanasiga 320 000 dona asalarini qo`ndirdi. Buni eshitib, shuncha asalari borligini kim sanab chiqdi, degan savol tug`ilishi tabiiy holdir.

Dunyodagi eng katta jinsi shim

2008 yilning 30 oktyabrida Peru shahrida dunyodagi eng katta jinsini yaratishga va dunyo rekordini o`rnatishga urinish bo`ldi. Mazkur jinsi shimning uzunligi 40 metrni, eni 30 metrni, og`irligi 2 tonnani tashkil etib, uning cho`ntaklari, kamari, tugmalari ham mavjud.

Sushidan tayyorlangan eng ulkan mozaika

Mazkur rekord Xitoyning Gonkong shahrida 2014 yilning 8 yanvarida o`rnatilgan bo`lib, umumiy hisobda 20647 dona sushidan 37 kvadrat metrlik ulkan mozaika yaratildi

Og`izdagi tish cho`tkasi yordamida eng uzoq vaqt ushlab turilgan basketbol to`pi

2012 yilning 19 aprel kuni Taneshvar Guragai ismli yigit shu tarzda basketbol to`pini 22,41 soniya ushlab turdi. Oldingi dunyo rekordi esa 13,5 sonyaini tashkil etgan edi.

Kapuchinoli ulkan idish

2004 yilning 25 mart kuni Moskva shahrida 6 kishidan iborat guruh dunyo rekordini o`rnatishga harakat qilishdi. Ular rekord uchun kapuchino solingan maxsus idishni namoyish qilishdi. Kapuchinoli idishning og`irligi 50 kilogrammni, uzunligi 45, diametri 71,5 santimetrni tashkil etdi.

Dunyodagi eng katta barbekyu

2011 yilning 20 mart kuni Xeneral Piko deb nomlanuvchi joyga 30 000 kishi to`planib, 80 nafar ishtirokchining mol go`shtidan tayyorlangan 13 713 kilogrammli “Dunyoning eng katta barbekyusi” tayyorlanish jarayonini kuzatishdi.

Perinatal yoga bo`yicha eng katta mashg`ulot

2014 yilning 8 iyun kuni Xitoyning Chansha shahrida rekord o`rnatish chog`ida shifokorlarning son-sanog`i bo`lmadi. Chunki bir vaqtning o`zida 505 nafar homilador ayol 37 daqiqa-yu, 28 soniya davomida perinatal yoga bilan shug`ullanishdi.

Ustidan bir necha marotaba avtomobil o`tgan odam

2012 yilning 21 oktyabr kuni vengriyalik Attila Banyai ismli yigitning ustidan 5 marotaba jip o`tdi.

Bir joyning o`zida ommaviy ravishda kosmetik xizmat ko`rsatish

2015 yilning 4 may kuni Xitoyning Szinan shahar stadionida bir vaqtning o`zida 1000 nafar mijozga 30 daqiqalik yuz massaji o`tkazildi. Ilgari bunday voqea ro`y bermagani, hech kimning xayoliga bunday g`oya kelmagani uchun ham dunyo rekordi o`rnatildi.

Bitta avtomobilga ko`p sonli odamlarning chiqishi

2015 yilning 16 may kuni Sibir federal universitetining 40 nafar talabasi bitta mashinaga joylashib, dunyo rekordini o`rnatishdi.

Etagi uzun nikoh ko`ylagi

2012 yilning 20 mart kuni ruminiyalik Emma ismli model etagining uzunligi 2750 metr bo`lgan nikoh ko`ylagini kiyib, dunyo rekordini o`rnatdi. Ilgari o`rnatilgan rekordda nikoh ko`ylagi etagining uzunligi 2 488 metr bo`lgan. Mazkur lisbo uchun 2700 metr mato sarflangan bo`lib, u 100 kun mobaynida, 1857 dona ninadan foydalangan holda tayyorlangan.

Eng ko`p pvio krujkasini ko`targan odam

2010 yilning 10 sentyabr kuni Bavariyaning Abensberg shahrida yashovchi 38 yoshli Oliver Shtryumpfel 27 dona, ichida pivosi bo`lgan krujkalarni ko`tarib, 40 metr yo`l bosdi va yangi dunyo rekordini o`rnatdi.

Bir joyda ko`p sonli odamlar ishitrokida o`tkazilgan shaxmat musobaqasi

2010 yilning 24 noyabrida Hindistonning g`arbiy qismida joylashgan Ahmadobod shahrida 20 483 nafar o`yinchi ishtrokida dunyoning eng yirik shaxmat musobaqasi o`tkazildi va mazkur musobaqa Ginnesning rekordlar kitobidan o`rin oldi.

Havoda yaratilgan eng ulkan shakl

2004 yilning 6 fevral kuni Tailanddagi aviabaza ustida 357 nafar parashyutchi ishtirokida 3000 metr balandlikda havoda ulkan shakl yaratilib, Ginnesning rekordlar kitobiga qayd etildi. Parashyutchilar olti soniya davomida bir-birining qo`lidan tutgancha, shaklning buzilmasligini ta`minlashdi.

Maxatma Gandi kabi kiyingan eng ko`p odamlar guruhi

2012 yilning 29 yanvar kuni Hindistonning Kalkutta shahrida xuddi Mahatma Gandi kabi kiyingan 485 nafar bola Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun dunyo marshida ishtirok etishdi.

Maykl Jeksoning "Thriller" qo`shig`iga raqsga tushgan eng katta raqqoslar guruhi

2009 yilning 29 avgust kuni mashhur xonanda Maykl Jeksoning 12 000 nafar muxlisi Mexiko shahrida yig`ilib, marhum xonandaning 51 yoshli tavallud ayyomini nishonlash maqsadida raqsga tushib. Dunyo rekordini o`rnatishdi.

Dunyoning eng ko`p tinchlik ramzi

2015 yilning 6 oktyabr kuni Nyu-York shahrining Markaziy xiyoboniga yig`ilgan odamlar qo`shiqchi Jon Lennonning 75 yoshlik yubileyini nishonlab, xonandani xotirlashdi va qo`llarini ko`targan holda tinchlik ramzini ifodalashdi.

“Xitoy ajdarhosi paradi”da ishtirok etgan eng ko`p odam soni

2012 yilning 6 fevral kuni Xitoyning Fuszyan shahri aholisi qog`oz va bambukdan yasalgan, taxtalar yordamida birlashtirilgan ajdarhoni ko`targancha dunyo rekordini o`rnatishdi.

Belida halqa aylantirgan eng ko`p odamlar soni

2013 yilning fevral oyida Bankkokda 4 483 nafar odam to`planib, bir paytning o`zida bellarida halqa aylantirib, dunyo rekordini o`rnatishdi.

Qorda uzoq vaqt o`tirgan odam

2011 yilning yanvar oyida xitoylik Szin Songxo qorga ko`milgan holda 7 daqiqa-yu, 7 soniya o`tirib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Bir paytning o`zida bir nechta elektr arra bilan jonglyorlik qilgan odam

Slovakiyalik Milan Roskopf 2009 yilning iyun oyida bir paytning o`zida 3 ta elektr arrani 62 marotaba osmonga irg`itib, ushlab jonglyorlik qildi. Oldingi rekord 35 marotaba bo`lganligi bois Milan Roskopfning rekordi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Inson tanasiga yopishtirilgan eng ko`p qoshiqlar soni

Gruziyaning Tbilisi shahrida yashovchi Etibar Elchiev inson-ohanrabo deb nom qozongan. U 2001 yilda tanasiga 50 dona metall qoshiqni yopishitirb, dunyo rekordini o`rnatdi.

    Boshqa yangiliklar