AsosiyDunyo

XAYRLI IShGA QO`L URGAN MAShHURLAR

'XAYRLI IShGA QO`L URGAN  MAShHURLAR'ning rasmi

Oddiy odamlar uchun mashhur insonlar bilan shaxsan uchrashish har qanday qimmatbaho sovg`adan ham azizdir. Yulduzlar buni yaxshi tushunganligi uchun ham bunday uchrashuvlarni quvonch bilan kutib olishadi. Butun olamda bunday mashhur insonlar ko`plab topiladi. Quyida sizni muxlislari uchun xayrli ishlarga qo`l urgan mashhur insonlar bilan tanishtiramiz.

Nogironlik aravachasida basketbol o`ynagan Jerar Pik

“Barselona” futbol klubining mashhur himoyachisi Jerar Pik oyog`i falaj bo`lib, nogironlik aravachasiga mixlangan odamlar bilan teng bo`lib, basketbol o`ynash uchun ataylab nogironlik aravachasiga o`tirdi. Basketbol AQShda ilk bora o`tgan asrning 40 yillarida kirib kelganiga qaramay, u yaqinda Paralimpiada o`yinlari ro`yxatiga kiritilgan. Mazkur tadbir Ispaniyaning bosh miya va umurtqadan jarohatlangan insonlarga yordam beruvchi maxsus tibbiyot markazi — “Guttmana” institutida bo`lib o`tgan edi. Tadbir Laures fondi tomonidan “Ezgulik yo`lidagi sport” shiori ostida tashkil etilgan. Uning maqsadi ijtimoiy ishlar bilan jismoniy faollikni birlashtirishdan iborat edi. Fondning mazkur aksiyasida turli sport turi bilan shug`ullanuvchi 15 ta mashhur sportchi qatnashgan. Ularning orasida Jerar Pik ham bor edi.

Aka-uka Zapashniylar bolalar jarrohlik ilmiy markaziga yo`lbars bilan tashrif buyurdi

Bolalar travmatologiyasi va jarrohlik institutiga aka-uka Askold va Edgar Zapashniylar o`zlarining Marfa laqabli yo`lbarsi bilan tashrif buyurishdi. Shaxtersk shahrida yaralangan bemor bola Ivan Voronin ular bilan uchrashishni orzu qilardi. Bolaning oyoqlari, bir qo`li yo`q hamda ko`zlari umuman ko`rmaydi. Otishma vaqtida Vanyaning otasi va ukasi halok bo`lgan. Uning o`zi esa Rossiyaga evakuasiya qilingan.

Aka-uka Askold va Edgar yo`lbars Marfani institut xollida qoldirib, Vanyani uning oldiga olib kelishdi. Bola yo`lbarsni sipaladi va undan umuman qo`rqmaganligini ma`lum qildi.

Nogiron bola bilan uchrashgan Edgar o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi: “Aslida “Jasorat” va “bola” degan so`zlar o`zaro bog`lanmasligi kerak. Bugun men uchrashgan 9 yoshli bolaning yashash uchun jasurlik bilan kurashishini, xursandchilik uchun kuch topayotganligini ko`rib, uning jasoratli bola deyishdan boshqa so`z topolmadim. Vanyani qo`limga olar ekanman, ko`zim jiqqa yoshga to`ldi...”

Ketish oldidan aka-uka Zapashniylar bolaga uchrashuvlaridan esdalik bo`lib qolish uchun o`yinchoq yo`lbyuarsni hadya etishdi.

Mariya Sharapova saratonga chalingan Sanni Logan bilan tennis o`ynadi

Mashhur tennischi, Chernobil AESida jabrlanganlarga yordam beruvchi xayriya fondining asoschisi Mariya Sharapova saratonning kam uchraydigan limfoma turini enggan qiz Sanni Logan bilan uchrashib, tennis o`ynadi. Sanni mashhur tennischi Mariya Sharapova bilan uchrashishni anchadan beri orzu qilardi. U kasallikka chalingunga qadar tennis bilan shug`ullangan. Uning aytishicha, og`ir kasallikni engishida, bedavo dard ustidan g`alaba qozonishida tennisning roli juda katta bo`lgan.

Sanni Logan bilan uchrashgan Mariya Sharapova o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashdi:

“Sanni yaxshi tennis o`ynarkan. Undan mohir sportchi chiqadi”.

Kichik Robert Dauni 7 yoshli Aleksga “temir qo`l”ni sovg`a qildi

“Temir odam” filmida rol o`ynagan kichik Robert Dauni 7 yoshli, tug`ma bir qo`li yo`q Aleks Pring ismli bolakayga filmdagi mashhur qahramonning qo`liga o`xshash “temir qo`l”ni sovg`a qildi. Protez qo`l Alberto Manero asos solgan Limbitless Solutions kompaniyasi tomonidan tayyorlandi.

Loyihaning asosiy maqsadi kam ta`minlangan oila farzandlari uchun bionik protezlar tayyorlashdan iboratdir. Bir dona protez 350 dollar turadi va haqiqiy qo`l-oyoqlardan deyarli farq qilmaydi. Aleks Pring sevimli aktyori tomonidan taqdim etilgan “temir qo`l”ni hammaga xursandchilik bilan namoyish qildi.

Igor Akinfeev xospisdagi bolani SSKA sport bazasiga taklif qildi

SSKA futbol terma jamoasi darvozaboni Igor Akinfeev o`zining kichkina muxlisi Sergey Zenkinni SSKA sport bazasiga taklif qilib, uchrashuv uyushtirdi. Sergey operasiya qilish mumkin bo`lmagan, bedavo miya o`simtasi kasalligiga chalinganligi uchun xospisda davolangan.

Sergey SSKA bazasida nafaqat sevimli darvozaboni bilan, balki jamoa murabbiyi Leonid Sluskiy bilan ham uchrashdi, shu bilan birga o`yinchalar Zoran Toshich, Vasiliy Berezuskiy va Sergey Ignashevichlar bilan ham suratga tushdi.

Sergey o`zining sevimli kumirlari bilan futbol yangiliklari, bo`lib o`tgan matchlar, yaqin o`rtadagi rejalari va jamoaning mashg`ulotlarida qatnashish istagida ekanligi haqida suhbatlashdi. Bundan tashqari, u Igorga o`zining kasallik tashxisini qanday bilganligini, davolash kurslari qanday ketayotganligi haqida gapirib berdi. Sergey bedavo dardga chalinganligi haqida so`zlar ekan, ko`zlari yoshga to`ldi...

Uchrashuvdan keyin Sergey Zenkinning onasi bunday uchrashuvlar o`g`lining kayfiyatini ko`tarishini, yashashga undashi haqida gapirib, qolgani o`z-o`zidan yo`lga tushishini bildirdi.

“Voronin”lar serialidagi aktyorlar xospisda davolanayotgan Lizaning kinopavilonga kelishiga yordam berishdi

“Mayoqli uy” bolalar xospisida davolanayotgan 8 yoshli Liza “Voronin”lar yordamida suratga olish maydonchasiga keldi. Qizcha saratonning davolab bo`lmaydigan turiga uchrab, ko`zlari ojiz bo`lib qolgan. Uning ko`zlari ko`rmasa-da, “Voronin”lar teleserialining o`ndan ortiq seriyasini bir kunda tomosha qilib, eshitishdan charchamaydi.

Suratga olish maydochasida u o`zini operator sifatida sinab ko`rdi va “Motor!” deb buyruq berdi, navbatdagi epizodni o`qib berdi hamda mikrofonni tutib turdi. Kinopavilonda Liza o`zini o`z uyidagidek his qildi. Hattoki serial rejissyoriga bolalarga xos bo`lmagan tarzda, kattalardek maslahat berdi.

Yuliya Savicheva xospisdagi Sonya uchun kuyladi

Xospisning 14 yoshli mijozi Sonya “Vepa” xayriya fondi xodimlarigi xonanda Yuliya Savicheva bilan uchrashishni orzu qilishini bildirdi. Ertasi kuni esa qizning orzusi amalga oshib, xonanda Yuliya Savicheva bilan uchrashdi.

Sonya operasiya qilish mumkin bo`lmagan, bedavo miya o`simtasi kasalligiga chalingan. Uchrashuv vaqtida ahvoli og`irligiga qaramay, u ikki soat vaqtini Yuliya Savicheva bilan o`tkazdi. Ular birga qo`shiq kuylashdi, suhbatlashishdi. Yuliya Savicheva unga dastxati qo`yilgan disklar va pirojniylar sovg`a qildi. Ketish oldidan xonanda Sonyani konsertiga taklif qildi va uni zaldagi odamlar orasidan topishga va`da berdi.

Yashirincha kasal bolalarga yordam bergan “Lokomotiv”ning sobiq xokkeychisi, marhum Ivan Tkachenko

Ezgulik haqida so`z yuritilar ekan, Ivan Tkachenkoni eslamaslikning iloji yo`q. Yaroslavlning “Lokomotiv” jamoasi xokkeychisi to o`limiga qadar onkologik xastaliklarga chalingan bemor bolalarga yashirincha yordam berib kelgan.

Voronejlik 16 yoshli Diana Ibragimovaga limfa sohasidagi leykoz degan dahshatli tashxis qo`yildi. Qizni faqatgina katta mablag` talab qiluvchi operasiya qutqarishi mumkin edi. Diananing onasi Ivan Tkachenko halok bo`lgandan keyingina qizining hayotini aynan u saqlab qolganligini

bildi. Diana Ibragimovaning operasiyasi uchun u ikki marotaba 500.000 rubldan pul o`tkazgan.

Ba`zida olam o`zining beshafqatligi, odamlarning pulga ruju qo`yganligi bilan bizni tushkunlikka tushirib qo`yadi. Aslida bunday emas. Mashhur insonlarning ezgulik yo`lida bajargan ishlari bunga yaqqol misol bo`ladi. Ba`zan oddiy odamlar ham shunday ezgu ishlarin amalga oshiradi, bundan biz har doim ham xabar topavermaymiz.

    Boshqa yangiliklar