Vashington shtatining Plimut shahrida joylashgan Williams — Northwest Pipeline gazni qaytaishlash zavodida yuz bergan portlash oqibatida ikki yuz kishi evakuasiya qilindi, deya xabar beradi ABC telekanal.
Portlash oqibatida to`rt kishi jabrlandi, ularning holati shifokorlar tomonidan barqaror deya baholandi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, zavodda gaz to`ldirilgan rezervuar portlagan.
Portlashdan so`ng kuchli yong`in sodir bo`lgan. Qutqaruvchilar zavod ishchilari va bir necha kilometr radiusdagi maktab o`quvchilari va mahalliy aholini evakuasiya qilishmoqda.





