Xalqimizning ma`naviy hayotida oliyjanoblik, minnatdorchilik, ezgulik, rahmdillik, hamjihatlik fazilatlari belgilanishida muqaddas Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma`naviy qadriyatlarimizni yuksaltirish va saqlab qolish maqsadida 2018 yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo`lgan ish kunlariga qo`chirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanishi ko`zda tutilmoqda.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Farmonida keltirilmoqda.
29.12.2017 09:46
QURBON HAYIT VA RAMAZON HAYIT BAYRAMLARIDA UZLUKSIZ 3 KUN DAM OLINADI
