AsosiyJamiyat

PREZIDENT KUTGAN TO`Y URGUTDA BO`LDI

'PREZIDENT KUTGAN TO`Y URGUTDA BO`LDI'ning rasmi

O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Urgut tumani 46-umumta`lim maktabi Yoshlar etakchisi Firdavs Ochilov o`z xonasini o`quvchilar talpinadigan, rejalari va maqsadlari bilan bahsga kirishadigan maskanga aylantirgan, deb yozadi O`zA.

Bugun uning hayotidagi unutilmas kun. O`zgalarga yordam qo`lini cho`zish, kam ta`minlanganlarga beminnat yordam ko`rsatish, og`irini engil qilishga o`rgangan yigit bu gal ham navbatdagi savobli ishga qo`l urdi.

Firdavs Ochilov o`z nikoh to`yi arafasida Yoshlar ittifoqi Urgut tuman Kengashiga murojaat qilib, tumandagi kam ta`minlangan oilalar farzandlari ro`yxatini oldi. U o`z to`yida ularning sunnat to`yini qo`shib o`tkazmoqchi bo`ldi. Uning tashabbusi to`liq qo`llab-quvvatlandi. Bugun Firdavs Ochilov tumandagi kam ta`minlangan 5 nafar oila farzandlarining sunnat to`yini o`z to`yiga qo`shib o`tkazib berdi.

Bu tashabbusni Urgut tuman hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi qo`llab-quvvatladi. Nikoh va sunnat to`yida ishtirok etib, o`z sovg`alarini taqdim etdi.

— Savob ish, avvalo, amalga oshirgan insonning ko`nglini poklaydi. Men bugun o`zimni ikki karra baxtli his qilyapman. Bu bolalar kelajakda yaxshi bilim olib, vatanimizga, xalqimizga xizmat qiladigan yigitlar bo`lishiga ishonaman, — deydi Firdavs Ochilov.

Hozirgina kuy-qo`shiq sadolari tindi. Ixchamgina o`tgan to`y yig`ilganlar ko`nglini ham shod etdi!

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar