AsosiyShou-biznes

Maykl Jeksonning yangi albomi mayda sotuvga chiqadi

Maykl Jeksonning ommaga taqdim etilmagan qo`shiqlari joy olgan, "Xscape" nomli yangi albomi 13 may kuni sotuvga chiqadi. Bu haqda Epic Records ovoz yozish studiyasi rahbari El Ey Reyd ma`lum qildi, deya xabar bermoqda ITAR-TASS axborot agentligi. 

El Reyd Mayklning 40 yillik musiqiy faoliyati davomida kuylagan eksklyuziv qo`shiqlaridan foylanish uchun ruxsat olgan. Yangi albomdan pop musiqa qirolining 8 ta mutlaqo yangi qo`shig`i joy olgan. Albom ustida mashhur prodyuserlar Timbalend hamda Rodni Jerkins ishladi.
Bu Maykl Jekson o`limidan so`ng chiqqan ilk albom emas. Ungacha Mayklning ikki "Micheal" (2010)  va "Immortal" (2011) nomli albomlari sotuvga chiqqan edi.

Eslatib o`tamiz, pop musiqa qiroli Maykl Jekson 2009 yil 25 iyun kuni 50 yoshida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar