AsosiyDunyo

Uchuvchilar namoyishi sababli Lufthansa 4 mingta parvozni bekor qildi

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi 2-4 aprelga uchuvchilar tomonidan rejalashtirilgan ish tashlash namoyishi sababli 3,8 mingga yaqin reyslarni bekor qildi.

Bu haqda kompaniya saytida rasmiy bayonot berildi. Uch kunlik ish tashlash oqibatida 425 ming yo`lovchi manziliga vaqtida etib borolmaydi. Namoyish kunlari 2-4 aprelga mo`ljallangan barcha reysdan 500 ga yaqini amalga oshiriladi. Aksiya sababli Lufthansa Cargo bo`linmasining ko`pgina yuk samolyotlari parvozi ham bekor qilingan.

Yo`lovchilar o`z aviareyslarini bekor qilishlari yoki qayta bron qilishlari mumkin bo`ladi. Mazkur namoyish Lufthansa tarixida eng yirigi bo`ladi.

Namoyishdan maqsad uchuvchilarning oylik maoshlarini oshirib, mehnat sharoitlarini yaxshilashdan iborat.

    Boshqa yangiliklar