Apple $2 milliardli da`vo bilan Samsung’ni sudga berdi

Hi-tech 01.04.2014, 16:15
Apple $2 milliardli da`vo bilan Samsung’ni sudga berdi

Amerikaning Apple korporasiyasi Janubiy Koreyalik raqibi Samsung kompaniyasini sudga berdi.

Endi Apple uning uskunalari xususiyatlarini tizimli ko`chirganlik uchun badal puli talab qilmoqda, deya xabar beradi The Guardian. Nashr ma`lumotlariga ko`ra, Apple o`zi tomonidan yaratilgan dasturiy ta`minot uchun Samsung’ning har bir uskunasidan $40 olmoqchi. Gap Apple’ning beshta patenti buzilishi hamda Samsung’ning smartfon va Galaxy planshetlarida ishlatilishi haqida bormoqda. Ushbu mablag` bundan avvalgi sud kampaniyasidan besh marotaba ko`pdir.

Apple g`alaba qilgan taqdirda Samsung kompaniyasi $2 mlrd to`laydi, Apple’ning sud harajatlari esa $6 mln tashkil qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1