AsosiyJamiyat

​​"O`ZAVTOSANOAT"DA NOGIRONLAR UChUN MO`LJALLANGAN SPARK TAQDIM ETILDI"

'​​"O`ZAVTOSANOAT"DA NOGIRONLAR UChUN MO`LJALLANGAN SPARK TAQDIM ETILDI"'ning rasmi

O`zavtosanoat" AJ "GM Uzbekistan" tomonidan ishlab chiqarilgan nogironlar uchun mo`ljallangan maxsus moslamali Spark rusumli avtomobilni taqdim etdi. Bu haqda "O`zavtosanoat" matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, "O`zavtosanoat" AJda "Nogironligi bo`lgan shaxslarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi prezident farmoni hamda "Aholiga transport xizmati ko`rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo`lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida"gi qarori ijrosi yuzasidan yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilishda kompaniyaning "SamAuto" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan pandusli LE60 avtobusi hamda "GM Uzbekistan" AJ tomonidan nogironlar uchun mo`ljallangan maxsus moslamali Spark avtomobili taqdim etildi.

Ushbu transport vositalarini keng ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish va ularni nogironligi bo`lgan shaxslarning foydalanishlari uchun etkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Ma`lumot berilishicha, bugungi kunda O`zbekistonda 600 mingdan ortiq nogironlar hayot kechirmoqda.



    Boshqa yangiliklar