AsosiyJamiyat

FARG`ONA ShAHRIGA KIRUVChI «VODIY-5» YO`L-PATRUL POSTI OLIB TAShLANDI

'FARG`ONA ShAHRIGA KIRUVChI «VODIY-5» YO`L-PATRUL POSTI OLIB TAShLANDI'ning rasmi

Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida viloyatlar o`rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat aholiga, balki iqtisodiyotga ham salbiy ta`sir ko`rsatayotgani tanqid qilingandi.

Farg`ona viloyatida qisqa muddatda ularning faoliyati qayta ko`rib chiqildi hamda 8 ta yo`l-patrul xizmati maskanini olib tashlash tadbirlari ko`rilmoqda, deb xabar berdi O`zA.

Farg`ona tumanidan Farg`ona shahriga kiruvchi «Vodiy-5» yo`l-patrul posti avtomashinalar tirbandligi tufayli kechasi-yu kunduz haydovchi va yo`lovchilarga noqulayliklar keltirib chiqarardi. Endilikda mazkur postning faoliyati to`xtatildi.

«Bundan juda ham xursand bo`ldik. So`lim Shohimardon qishlog`i hamda So`x tumaniga borish uchun ilgari ancha ovoragarchiliklar bo`lardi», — deydi vodillik Nosirjon Rahimov.

    Boshqa yangiliklar