AsosiyJamiyat

BAYRAM KUNLARIDA "O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI" ChIPTALARIGA 50 FOIZGAChA ChEGIRMA JORIY QILINDI

' BAYRAM KUNLARIDA "O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI" ChIPTALARIGA 50 FOIZGAChA ChEGIRMA JORIY QILINDI'ning rasmi

2017 yilning 30, 31 dekabr hamda 2018 yilning 1, 2, 3, 4 yanvar kunlari mahalliy yo`nalishlarda qatnovchi yo`lovchi poezdlarda oilaviy, jamoa, talabalar, o`quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo`l chiptasining tarif qismidan 50 foizgacha chegirma joriy qilindi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ axborot xizmati ma`lum qiladi.

Shuningdek, ushbu kunlarda poezdlar harakat jadvaliga o`zgartirish kiritilib, qo`shimcha 24 ta poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi. Shundan 10 tasi "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdidir.

Qo`shimcha yo`lga qo`yiladigan poezdlar harakat jadvali xaqidagi ma`lumotlarni railway.uz veb-sayti, joylardagi temir yo`l kassalari yoki saytda ko`rsatilgan xududiy temir yo`l ma`lumotxonalardan bilib olish mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar