AsosiyJamiyat

ShAVKAT MIRZIYoEV YIL ODAMI SIFATIDA E`TIROF ETILDI

'ShAVKAT MIRZIYoEV YIL ODAMI SIFATIDA E`TIROF ETILDI'ning rasmi
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o`rganish markazining yakunlanayotgan yil yakunlari bo`yicha o`tkazgan so`rovi natijalariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yil odami sifatida e`tirof etilgan.

So`rovda mamlakatimizning barcha viloyat va hududlarida istiqomat qilayotgan turli ijtimoiy toifalar, etnik guruhlar, konfessiya va kasblarga mansub 18 dan 70 yoshgacha bo`lgan fuqarolar ishtirok etdi, deb yozadi O`zA.
Fuqarolarning mutlaq aksariyati (90,5 foizi) uchun 2017 yil farovonlik yili, o`zi va oilasi hayotida ijobiy o`zgarishlar ro`y bergan yil sifatida esda qoladi. Yangi yilni O`zbekiston aholisi yaxshi, ko`tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda. Fuqarolarning 83 foizi o`zlarini baxtli his qilmoqda, deyiladi so`rov natijalarida.

Respondentlarning 80 foizidan ortig`i kirib kelayotgan 2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili yanada muvaffaqiyatli bo`lishiga ishonch bildirgan.

    Boshqa yangiliklar