Farmoyishda Olimpiya o`yinlari dasturiga kiritilgan og`ir atletika sport turi bo`yicha 2017 yil 28 noyabr - 6 dekabr kunlari Anaxaym shahrida (AQSh) o`tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi O`zbekiston sportchilari:
Yoqubov Doston Jaloliddin o`g`li 69 kg vaznda birinchi o`rinni (oltin medal) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;
Sobirov Farxodbek Anvar o`g`li 94 kg vaznda ikkinchi o`rinni (kumush medal) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
Efremov Ivan Vladimirovich 105 kg vaznda ikkinchi o`rinni (kumush medal) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
Ergashev Adxamjon Abdullajon o`g`li 62 kg vaznda uchinchi o`rinni (bronza medal) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilandi.
29.12.2017 18:16
PREZIDENT “JAHON ChEMPIONATIDA YuQORI NATIJAGA ERIShGAN SPORTChILARNI TAQDIRLASh TO`G`RISIDA”GI FARMOYIShNI IMZOLADI






