Zilzila seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:46 da (4:46 Toshkent vaqti) yuz bergan. Kuchli tabiiy ofat oqibatida halok bo`lganlar soni 5 kishiga etganligi haqida mamlakat ichki ishlar vaziri Rodrigo Penyaililo xabar berdi.
Mahalliy OAV xabariga ko`ra, halok bo`lganlarning 4 nafari erkak va bir ayol bo`lgan. Ulardan ikki nafari yurak huruji, qolgan 3 nafari esa bino bo`laklari qulashi oqibatida halok bo`lgan.
Chili seysmologik milliy markazi bergan ma`lumotlarga ko`ra, zilzila kuchi magnituda bo`yicha 8,2 ballni tashkil qilgan.
Sohillarda to`lqinlar 2 metr balandlikkacha ko`tarilgan. Chili va Peru mamlakatlari sohil atrofidagi aholini evakuasiya qilishmoqda.
Chili ichki ishlar vazirligining xabar qilishicha, ushbu holat oqibatida Ikike shahridagi ayollar qamoqxonasining binosi buzilishi 300 nafar mahbusning qochishiga olib kelgan. Hozircha ularning 16 nafari qo`lga olindi.
Zilzila epimarkazi Chilining Ikike shahridan 83 km shimoliy-g`arbda Tinch okeanida bo`lgan. Ikike shahri aholisi 220 ming kishini tashkil qiladi.





