AsosiyShou-biznes

Diqqat, ekranda - "Begona"!

Turmushning ko`p so`qmog`i, to`g`ri gapning to`qmog`i. Rostgo`yligi bois o`z amakisini qamatgan, yaqinlariga begona bo`lgan beg`ubor bolakayning boshiga tushgan iztiroblar “Begona” filmida aks etadi.

Mazkur ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega film hamma yoshdagilar uchun birday mos keladi. Film taniqli shoir va yozuvchi, jurnalist G`olib Abdusalomovning shu nomli hikoyasi asosida "IQtidor-film" studiyasi tomonidan suratga olingan. Ssenariy muallifi Nizomiddin Mo`minov. Rejissyor Olim Sulaymonov. Bosh tasvirchi Izzat Qalandarov. Bosh prodyuser, g`oya muallifi va badiiy rahbar Rahimboy Jumaniyozov.

Film taqdimoti 11 aprel kuni “Alisher Navoiy” nomli kinosaroyda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar