AsosiyJamiyat

FANLAR AKADEMIYaSINING 32 NAFAR YaNGI HAQIQIY A`ZOLARI TASDIQLANDI

'FANLAR AKADEMIYaSINING 32 NAFAR YaNGI HAQIQIY A`ZOLARI TASDIQLANDI 'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev «O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a`zolarini tasdiqlash to`g`risida»gi Farmonni imzoladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Hujjatga sharhda qayd etilishicha, Fanlar akademiyasi haqiqiy a`zoligiga oxirgi saylovlar 1995 yilda o`tkazilgani mazkur Farmonning ahamiyatini yanada oshiradi. O`tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki martadan ko`proqqa qisqardi va hozirgi kunga kelib akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a`zosi qolgan edi.

Prezidentining «O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a`zolarini tasdiqlash to`g`risida»gi Farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so`ng akademiklikka tasdiqlash uchun eng munosib olimlarni tanlov asosida saralab olish ishlariga yakun yasalmoqda. Farmonga muvofiq, akademiya hay`ati va faoliyat ko`rsatayotgan haqiqiy a`zolari tavsiyasiga ko`ra, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a`zolari tasdiqlandi.

Tasdiqlangan akademiklar qatoridan fizika-matema­tika, kimyo, biolo­giya, texnika, qishloq xo`jaligi, tarix, iqtisodiyot, filo­­­lo­giya, huquqshunoslik, pedagogika, tibbiyot fanlari hamda san`at­shunoslik sohalarida ko`zga ko`ringan, qator muhim mezonlar bo`yicha ko`p bosqichli saralashdan muvaffaqiyatli o`tgan olimlar o`rin oldi.

Ular orasida Abdulla A`zamov, Ibrohim Abdurahmonov, Anatoliy Sagdullaev, Qalandar Abdurahmonov, Naim Karimov, To`ra Mirzaev, Akmal Saidov, Anis Alaviy, Feruz Nazirov va boshqa ilm-fan vakillari bor.

Prezident, shuningdek, «O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a`zolari hamda sobiq O`zbekiston qishloq xo`jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a`zolari va muxbir a`zolari faoliya­ti­ni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmonga ham imzo chekdi. Farmonda 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab:

  • O`zbekiston Respub­likasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a`zolari va sobiq O`zbekiston qish­loq xo`jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a`zolariga eng kam oylik ish haqining 12 barobari;
  • Sobiq O`zbekiston qishloq xo`jaligi fanlari akademiyasining muxbir a`zolariga eng kam oylik ish haqining 8 baro­bari miqdorida oylik gonorar to`lanishi belgilab berildi.

Bundan tashqari, akademiklar va muxbir a`zolarga to`lanadigan oylik gonorarlar jismoniy shaxs­lar daromadlariga solinadigan daromad solig`isiz amalga oshiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar