26 dekabr kuni soat 22:30 larda Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan Quloqtepa va Uch qahramon ko`chalari kesishgan chorrahada noma`lum haydovchi piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yo`l-transport hodisasi natijasida piyoda — 1968 yilda tug`ilgan erkak kishi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, oyoq suyaklarining sinishi tashxisi bilan 7-shahar klinik shifoxonasiga olib borildi. Haydovchi piyodaga tibbiy yordam ko`rsatmay va ichki ishlar organlariga xabar bermay, YTH joyidan qochib ketdi. 28 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida YTH sodir etgan haydovchi 1996- yilda tug`ilgan Avalbaev Abduaziz Abdumalik o`g`li ekanligi va u o`zining boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtomashinasida bo`lganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan A. Avalbaevga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, uning avtomobili jarima maydonchasiga qo`yildi.






