AsosiyJamiyat

AVTOBUS HAYDOVChISI O`ZIGA PIChOQ BILAN JAROHAT ETKAZIB, BOSQINChILIKNI SAHLANAShTIRDI

'AVTOBUS HAYDOVChISI O`ZIGA PIChOQ BILAN JAROHAT ETKAZIB, BOSQINChILIKNI SAHLANAShTIRDI'ning rasmi

2017 yilning 28 dekabr kuni taxminan soat 22:30 larda, Yunusobod tumani IIB navbatchilik qismiga 4-sonli shahar klinik shifoxonasidan xabar kelib tushgan. Unga ko`ra mazkur shifoxonaga avtobus haydovchisi «o`ng oyoq son qismida sanchilgan-kesilgan jarohati» tashxisi bilan murojaat qilganligini ko`rsatilgan, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Jabrlanuvchining so`zlariga ko`ra, u 63-sonli yo`nalishdagi avtobusda haydovchi bo`lib ishlagan. 28 dekabr kuni soat taxminan 21:30 larda «Botanika bog`i» bekatiga etib kelgan vaqtida avtobusga ikki nafar noma`lum shaxs chiqib, uning o`ng oyoq qismiga pichoq bilan tan jarohati etkazganini va avtobus g`aznasida yig`ilgan 800 000 so`m miqdoridagi pullarni olib ketganini ma`lum qilgan.

Biroq Toshkent shahar IIBB xodimlarining sa`y-harakatlari natijasida ushbu hodisa aslida boshqa ko`rinishda sodir etilganligi ma`lum bo`ldi. Jumladan, »jabrlanuvchi» katta miqdordagi qarzini to`lash maqsadida, o`zi boshqarib kelgan avtobusning faoliyatidan tushgan pullarni egallab olishni rejalashtirib, ushbu bosqinchilik jinoyatini tanishi bilan birgalikda sahnalashtirgan. Shuningdek, u qilmishi ishonchli bo`lishini ta`minlash maqsadida o`ziga-o`zi pichoq bilan tan jarohati etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchi va uning sherigiga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar