1

O`ZBEKISTON VA TURKMANISTON PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI BO`LIB O`TDI

Siyosat 30.12.2017, 21:09
O`ZBEKISTON VA TURKMANISTON PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI BO`LIB O`TDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o`rtasida bugun, 30 dekabr kuni telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidentini kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, qardosh turkman halqiga tinchlik, barqarorlik va farovonlik tiladi.

Turkmaniston rahbari ham ko`pmillatli qardosh O`zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan chin dildan muborakbod etib, taraqqiyot va farovonlik tiladi.

Prezidentlar O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi ko`p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish muhimligini alohida qayd etdilar.

O`zbekiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari bo`yicha fikr almashdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1