Kecha Evropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida birinchi uchrashuvlar bo`lib o`tdi.
O`tgan yili “Real”ni EChLdan chiqarib yuborgan “Borussiya” klubi bu yili endi “Real”dan mag`lubiyatni qabul qilib oldi. Uchrashuvda Beyl, Isko hamda Ronaldu kiritgan gollar “Real”ning 3:0 hisobidagi g`alabasini ta`minladi. Endi “Real” javob uchrashuviga katta ustunlik bilan boradi.
Fransiya chempionati peshqadami “PSJ” ham “Chelsi” darvozasiga uch ta to`p kiritdi. Ammo, bitta javob to`pini o`tkazib yuborishdi - 3:1. Uchrashuvda Lavessi, David Luiz (avtogol), Azar hamda Pastorelar gollarga mualliflik qilishdi.
Ushbu juftliklar javob uchrashuvlari 8 aprel kuni bo`lib o`tadi.