AsosiyJamiyat

YaNGI XALQARO AVTOMOBIL YO`LI HAQIDAGI BAYoNNOMA KUChGA KIRDI

' YaNGI XALQARO AVTOMOBIL YO`LI HAQIDAGI BAYoNNOMA KUChGA KIRDI'ning rasmi

2017 yilning 30 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg`iziston Respublikasi Hukumati o`rtasida 1996 yil 4 sentyabrdagi xalqaro avtomobil qatnovlari to`g`risidagi Bitimga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Bayonnoma kuchga kirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur hujjat 2017 yil 6 oktyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan edi.

Bayonnoma hukumatlararo bitimni qo`llash ko`lamini kengaytirish orqali transport kommunikasiyalari sohasida o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga ko`ra, tomonlar o`z davlatlari hududida erkin tranzit rejimini bir-biriga taqdim etadilar va kafolatlaydilar, shuningdek, «Toshkent — Andijon — O`sh — Irkeshtam — Qashg`ar» avtomobil yo`nalishi bo`ylab tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadilar

    Boshqa yangiliklar