AsosiyJamiyat

ChILONZOR TUMANIDA RO`Y BERGAN KUChLI YoNG`IN 46 YoShLI AYoLNI HAYoTDAN OLIB KETDI (VIDEO)

'ChILONZOR TUMANIDA RO`Y BERGAN KUChLI YoNG`IN 46 YoShLI AYoLNI HAYoTDAN OLIB KETDI (VIDEO)'ning rasmi

1 yanvar kuni, taxminan soat 00:30 da Chilonzor tumani hududida natijasi o`lim bilan yakunlangan kuchli yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda UzNews.uz'ga Toshkent shahar IIBB YoXBda xabar berishdi.

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, yong`in Chilonzor tumani hududida joylashgan 34-uyning 4-qavatida sodir bo`lgan.

Yong`inning dastlabki sababi tamaki mahsulotini qabul qilishdagi ehtiyotsizlik deyilmoqda. Mast holatdagi 59 yoshli erkak tamaki mahsulotini o`chirishni unutgan. Tamaki qoldig`i alkogol mahsuloti to`kilgan gilam ustiga tushgan. Yong`in tezlik bilan yuqori qavatda joylashgan uyni qamrab olgan. Uyda er-xotin bo`lishgan.

Yong`in natijasida olingan jarohatlar oqibatida 46 yoshli ayol shifoxonaga olib ketilayotganida olamdan o`tgan. Uning eri esa shifoxonaning reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar