AsosiyJamiyat

ENDI AVTOMAShINANI YoShI TO`LMAY SOTIShINGIZ MUMKIN

'ENDI AVTOMAShINANI YoShI TO`LMAY SOTIShINGIZ MUMKIN'ning rasmi

O`zbekiston Prezidentining qaroriga ko`ra, engil avtotransport vositalari bo`yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik bo`yicha boj undirish talabi bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Facebook’dagi sahifasida ma`lum qilindi.

Shavkat Mirziyoevning «O`zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g`risidagi» qarori bilan O`zbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boshlab, bir yildan oshmagan engil avtotransport vositalari bo`yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun boj har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida undirish bo`yicha talab bekor qilindi.

Hujjatning to`liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar