O`zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2014 yilda 8% 2015 yilda esa 7,8 foizni tashkil qiladi.
Bu haqda Osiyo taraqqiyot bankining “Osiyo rivojlanish sharhi” nashriga asoslanib Uzdaily nashri xabar beradi.
Avvalroq OTB O`zbekiston iqtisodiyoti 2014 yilda 8 foizga o`sishini bashorat qilgan edi. Inflyasiya darajasi esa mamlakatimizda 2014 yilda 11%, 2015 yilda esa 10% tashkil etadi.





