O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida avtomobil yo`llarida harakatlanish erkinligini cheklayotgan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning hamda ichki va tashqi turizmning rivojiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan muntazam yo`l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyatini tugatish hamda sonini qisqartirish ta`kidlangan edi.
Respublikamizning ba`zi viloyatlari o`rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat fuqarolarimizga, balki iqtisodiyotimizga ham salbiy ta`sir qilayotganligi aniq raqamlar bilan ko`rsatib berildi.






